Endi Ruisning otasi: "Endi shuhrat qozongani tufayli itoat qilolmadi, u do‘stlari bilan bazmlar o‘tkazardi"

Endi Ruisning otasi: "Endi shuhrat qozongani tufayli itoat qilolmadi, u do‘stlari bilan bazmlar o‘tkazardi"
Sobiq jahon chempioni Endi Ruisning otasi farzandining Entoni Joshuaga qarshi kechgan revansh jangi borasida fikr bildirdi.

\"Endi vazn bilan ham o‘z vazifasini oson bajaraman deb o‘yladi. Men unga, vazn tashlashga harakat qilmayapsan deb 1 oy avval aytgandim.
Sen vazifalaringni qiyinlashtirayapsan, jangda harakat qila olmaysan, sababi charchab qolasan degandim.

Ammo hech qanday o‘zgarish va harakat bo‘lmadi, ammo endi u saboq oldi va qaytishni niyat qildi.
U shuhrat qozongani tufayli itoat qilolmadi. U do‘stlari bilan mashinasida edi, bazmlar o‘tkazardi va jamoasini tinglamasdi.

Bu uning uchun eng yomon mashg‘ulotlar bo‘ldi\", - dedi katta Ruis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.