Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi

Mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Voqea 2019 yil 30 dekabrda yuz bergan, biroq u haqida endigina ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, amerikalik aktyor o‘z yaxtasida sevgilisi Kamila Morrone bilan birga Sen-Bartelemi oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Yaxta sardori kruiz layneri ortiga bir erkak tushib ketgani va u ancha vaqtdan beri suvda qolib ketgani haqida xabar olgan. Shunda aktyor erkakni qutqarish uchun yaxtasi yo‘nalishini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, aktyorning yaxtasi yordam haqida signal olgan yagona kema bo‘lgan. Yaxta sardori sayyohning qutqarilishini “milliarddan bir imkoniyat” deb atagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Voqea 2019 yil 30 dekabrda yuz bergan, biroq u haqida endigina ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, amerikalik aktyor o‘z yaxtasida sevgilisi Kamila Morrone bilan birga Sen-Bartelemi oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Yaxta sardori kruiz layneri ortiga bir erkak tushib ketgani va u ancha vaqtdan beri suvda qolib ketgani haqida xabar olgan. Shunda aktyor erkakni qutqarish uchun yaxtasi yo‘nalishini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, aktyorning yaxtasi yordam haqida signal olgan yagona kema bo‘lgan. Yaxta sardori sayyohning qutqarilishini “milliarddan bir imkoniyat” deb atagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













