Istanbul aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida uchga bo‘laklanib ketdi (foto)

Istanbul aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida uchga bo‘laklanib ketdi (foto)
Istanbuldagi Sabiha Gyokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida bortida 177 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi.

Bu haqda CNN Turk nashri xabar berdi. Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 738 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan chiqib ketgan va natijada uchga bo‘laklanib, yonib ketgan.

Samolyot bortida 171 yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi bo‘lgan. Hech kim halok bo‘lmagan, biroq 52 kishini shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Istanbul aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida uchga bo‘laklanib ketdi (foto)
Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga samolyotning qo‘nishi vaqtidagi kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 18 atrofida yuz bergan voqeadan keyin aeroportda parvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.