O‘zbek yigiti Klimanjaroni zabt etdi (video)

O‘zbek yigiti Klimanjaroni zabt etdi (video)
O‘zbekistonlik yigit Afrika qit’asining eng baland nuqtasi — Klimanjaroni zabt etdi deb xabar qiladi Milliy axborot agentligi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Sanjar ismli yigit Afrikaning eng baland nuqtasi — Klimanjaro tog‘ini zabt etdi”, – deyiladi xabarda.

Sanjar u yerga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi. U Afrika qit’asidagi eng baland tog‘ cho‘qqilarida turib O‘zbekistonni qanchalik sevishini, ne-ne yurtlarni kezsa ham qalbida ona Vataniga bo‘lgan sadoqati mangu yashashini ta’kidlagan.
Bizning tariximizda, O‘zbekistondan Kilimanjaroga yetib kelgan inson bo‘lmagan“, deydi sayyoh.
O‘zbek yigiti Klimanjaroni zabt etdi (video)
Klimanjaro dunyodagi alohida olingan (freestanding) tog‘lar ichida eng balandi bo‘lib, u ekvatordan 300 km uzoqlikda, Tanzaniyada, Keniya bilan chegarada joylashgan. U alohida-alohida uchta cho‘qqidan iborat: g‘arbda Shira (3962 m), sharqda Mavenzi (5149 m) hamda o‘rtada Kibo (5895 m) tog‘i.
Kiboning shimoliy va janubiy yonbag‘irlarida muzliklar, tog‘ etagida esa tropik o‘rmon mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.