Indoneziyada bir qabilaning 300 a’zosi islomni qabul qildi

Indoneziyada bir qabilaning 300 a’zosi islomni qabul qildi
Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi tog‘li hududda yashovchi tau taa vana qabilasining 300 a’zosi islomni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi mahalliy OAVga tayangan holda xabar tarqatdi.

Qabila a’zolari Shimoliy Morvali okrugidagi “Al-Furqon” masjidida kalimai shahodat keltirgan. Yangi musulmonlarga kiyim-kechak yordami ko‘rsatilgan.

Tau taa vana qabilasi a’zolari shu paytgacha animizmga e’tiqod qilib kelgan. Ular o‘ziga xos pamona tilida so‘zlashadi va aksari Indoneziyaning rasmiy tili hisoblanuvchi indonezchani bilmaydi. Indoneziyaning 260 millionlik aholisining 87 foizi musulmonlardan iborat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.