Xitoylik bloger rossiyaliklarning xo‘mrayib yurishidan ajablandi

Xitoylik bloger rossiyaliklarning xo‘mrayib yurishidan ajablandi
Xitoylik sayohatchi va bloger Lyu Syaoshun Rossiyaga qilgan safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Sohu portali xabar qildi.
Bloger Rossiyani Xitoyning eng muhim qo‘shnilaridan deb atadi va so‘nggi yillardagi aloqalarning rivojlanishi sabab ko‘plab xitoyliklar Rossiyaga kelayotganini ta’kidladi.

Lyu rossiyaliklarning xo‘mrayib yurishidan, tabassum qilmasligidan ajablandi.
\"Ular (rossiyaliklar) qandaydir umuman kulishni bilishmaydi. Ko‘pincha jiddiy yuz bilan yurishadi. Xuddiki baxt nimaligini umuman bilmagandek\", deb yozdi bloger.
Shuningdek, u xitoyliklarga nisbatan \"ruhiy bosim\"ni Rossiyada yashovchilarning baland bo‘yli va ancha baquvvat ekaniga yo‘ydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.