Krishtianu Ronaldu koronavirus tufayli karantinga olindi

Krishtianu Ronaldu koronavirus tufayli karantinga olindi
Yuventus futbol klubining futbolchisi Daniel Ruganining koronavirus testi ijobiy chiqqanidan so‘ng, Krishtianu Ronaldu ham Madeyrada karantinda qolishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ronaldu yaqinda insultga chalingan onasini ziyorat qilish uchun uyiga borgan edi.
Yuventus Interni 2:0 hisobida yengganidan keyin, Ronaldu va Rugani yechinish xonasida birga bo‘lishgan. Uchrashuvdan keyin Yuventus futbolchilari jamoaviy suratga tushishgan.

Klub koronavirusning tarqalish maydoni tor bo‘ladi, deb umid qilmoqda. Chunki, Rugani o‘yin oxirigacha maydonga tushmagan va zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.