Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni bir kunda uch baravar oshdi

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni bir kunda uch baravar oshdi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 14 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Kazinform nashri xabar berdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 mart soat 9:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda 13 kishi koronavirus yuqtirganini qayd etgan edi.

«Bugun Almatida yana 3 ta koronavirus ro‘yxatga olinganini avval xabar qilgandik. Hozirda Nur-Sultanda 14 yangi bemor ro‘yxatga olingan. Ushbu bemorlar karantinga yotqizilgan va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar bilan ish olib borildi. Ular bilan aloqada bo‘lgan hamma odam aniqlanmoqda», - dedi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov onlayn matbuot anjumanida.

Jami bemorlar soni Qozog‘istonda 27 kishiga yetdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.