Koronavirus tufayli Isroilda vafot etganlar soni 15 taga etdi.

Koronavirus tufayli Isroilda vafot etganlar soni 15 taga etdi.
Koronavirus tufayli Isroilda vafot etganlar soni 15 taga etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining bergan ma\'lumotiga ko\'ra, mamlakatda koronavirus (COVID-19) tufayli vafot etganlar soni 15 taga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining yozma bayonotida, COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 84 va 90 yoshdagi ikki ayol vafot etgani qayd etildi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu odamlar G‘arbiy Quddus va Bney Brakdagi kasalxonalarda vafot etgan, u yerda ular \"COVID-19\" ni yuqtirib olgani sabab davolanishayotgan edi.

Shunday qilib, COVID-19 tufayli o‘lim mamlakatda 15 tani tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat bo‘ylab COVID-19 kasalligi soni 3 ming 865 ga yetganini, virusdan birinchi o‘lim 20-mart kuni qayd etilganini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Adiba
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.