Amerikalik olimlar koronavirus haqidagi afsonani rad etdi

Amerikalik olimlar koronavirus haqidagi afsonani rad etdi
Stenford universiteti tibbiyot markazida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, AQSH olimlari SARS (ORVI) bilan kasallangan insonlar koronavirusni yuqtirmasligi haqidagi dalillarni rad etishdi.

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlarning har beshdan biri nafas olish yo‘llarining boshqa viruslarini (respiratorli kasalliklar) yuqtirgan. Shuningdek, tadqiqot davomida SARS (ORVI) alomatlarini ko‘rsatadigan va keyinchalik nafas olish virusi tashxisi qo‘yilgan 10 kishidan taxminan 1 nafari yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganligi aniqlandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, agar odamlarda boshqa virusli nafas olish kasalligi (respiratorli) bo‘lsa, ular \"COVID-19 yuqtirolmaydi\" degan taxminni rad etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.