Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi
Foto: «TASS»
Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi 10-14 kundan keyin o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Matematik va biologlardan iborat guruhning hisob-kitoblariga ko‘ra, testlar sonini oshiradigan bo‘lsak, 10-14 kundan keyin ushbu infeksiya bilan platoga chiqamiz», — deydi Skvorsova.

Sobiq vazirning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qancha vaqt ketgan bo‘lsa, epidemiyaning yo‘qolishiga yana shuncha vaqt kerak bo‘ladi. «Iyunning birinchi dekadasiga — taxminan iyun o‘rtalariga qadar platoda bo‘lamiz», — deydi u.

Shuningdek, Skvorsova 10 aprel kuni koronavirusni 15-20 daqiqada aniqlovchi chiplar taqdim etilishini ma’lum qildi.
7 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada 7497 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 58 kishi vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.