Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)

Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «The New York Times»
An’anaga ko‘ra mushtariylar e’tiboriga hafta davomida ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli 7 hodisa havola etilmoqda.

1. Koronavirus epedimiyasi AQSH prezidenti Donald Trampning reytingini tushirmoqda. Emerson kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, amerikaliklarning 39 foizi prezident pandemiya sharoitida to‘g‘ri siyosat yuritmoqda deb hisoblaydi. 51 foiz aholi esa uning siyosatidan norozi. So‘nggi tahlillar u prezidentlik poygasida ham raqibi Jo Baydendan ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bundan g‘azabga mingan Donald Tramp «ishini eplolmadi» degan vaj bilan o‘zining saylovoldi shtabi rahbari Bred Parskeylni sudga bermoqchi. Maslahatchilari esa Oq uy rahbariga burgaga achchiq qilib ko‘rpani yoqmaslikni uqtirmoqda.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «UK Parliament»
2. Buyuk Britaniya parlamenti 700 yillik tarixi mobaynida ilk bor cheklangan tarkibda mashvarat o‘tkazmoqda. Jamoatchilik palatasining majlislar zalida bir necha o‘n chog‘li deputat o‘zaro masofa saqlagan holda o‘tiribdi, qolgan qonun ijodkorlari muhokamalarda virtual tarzda – Zoom dasturi yordamida ishtirok etmoqda.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «EPA»
3. Italiyaning Neapol shahrida faoliyat yurituvchi sartaroshlar savdo palatasi qarshisida o‘ziga xos norozilik namoyishi o‘tkazishdi. Karantin choralari sabab tirikchiligi tang bo‘lgan sartaroshlar rasmiylardan ish boshlash uchun ruxsat talab qilmoqdalar.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «Reuters»
4. O‘z xaridorini kutayotgan avtomobillar. Koronavirus pandemiyasi dunyo avtomobil sanoatiga ham kuchli zarba berdi. Jahon bo‘yicha ushbu sohada faoliyat yuritayotgan minglab xodim ishsiz qolishi mumkin. Moliyaviy zarar miqdori ham juda katta raqamlarni tashkil etishi aytilmoqda.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «Getty Images»
5. Hali umid so‘nganicha yo‘q! Shifokor endigina yorug‘ dunyoga kelgan chaqaloqni ushlab turibdi. Boku, Ozarboyjon.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «Reuters»
6. Uchkurash ustasi – triatlet Lloyd Bebbington hovlisidagi qo‘lbola havzada mashq qilmoqda. Koronavirus pandemiyasi ortidan joriy etilgan cheklovlar sportchilarni shu kabi muvaqqat usullarda mashq qilishga majbur etmoqda. Nyukasl-ander-Laym, Angliya.
Tramp burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoqchi (foto)
Foto: «Reuters»
7. Istanbul hayvonot bog‘ida saqlanayotgan keksa toshbaqa 100 yoshni qarshi oldi. Zoopark xodimlari «yubilar»ni tansiq yeguliklar bilan siylashdi, jonivorning xos bo‘lmasi ham bayramona bezatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.