Kanada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Kanada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi
Foto: REUTERS
Kanada sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani dastlabki sinovdan o‘tkazishni ma’qulladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.

\"Kanada sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi salohiyatli vaksinani dastlabki sinovdan o‘tkazishni ma’qulladi\", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar Dolxauzi universitetining vaksinologiya markazida o‘tkaziladi.

\"Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksinani ishlab chiqaramiz va mamlakatimizga tarqatamiz\", - deb ta’kidladi u.
Kanadada bugungi kunda koronavirusga chalinganlar soni 75 mingdan oshgan, 5,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.