Janubiy Koreyada 60dan ortiq avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyada 60dan ortiq avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Janubiy Koreyada 60dan ortiq avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Inchxon shahri aeroporti yaqinidagi trassada 60dan ortiq avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Renxap” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu to‘qnashuvda avtobus ham qatnashgan va 28dan ortiq kishi jabrlangan. Halok bo‘lganlar haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Bu hodisaga hududda mavjud bo‘lib turgan noqulay obhavo sharoiti va yo‘llarni tuman bosgani sababligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar guruhi ish olib bormoqda.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.