Rossiyada fuqarolar bepul vaksinatsiya qilinadi

Rossiyada fuqarolar bepul vaksinatsiya qilinadi
Mixail Murashko.
Foto: RBK

Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya bepul amalga oshiriladi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, bu haqda RF sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qilgan.

«Koronavirusga qarshi vaksinatsiya xarajatlari to‘liq budjetdan qoplanishi rejalashtirilgan. Vaksinatsiyalash tartibi esa barchaga ma’lum — rejali bo‘ladi», — dedi Murashko jurnalistlarga.

Oldingi xabarlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyalash oktabr oyida boshlanishi kutilyapti, Gamaleya markazi tayyorlagan vaksinaning klinik sinovlari nihoyasiga yetgan, hozirda uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.