Olimlar COVID-19ni yuqtirish xavfi hamda rezus-omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi

Olimlar COVID-19ni yuqtirish xavfi hamda rezus-omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi
Ispaniyaning Barselona hamda Braziliyaning Kampinas universiteti olimlari koronavirus bilan kasallanish xavfi va rezus-omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Bu haqda tadqiqot natijalariga tayanib «Izvestiya» gazetasi xabar bermoqda.

Tajriba davomida 126 mamlakatda pandemiya rivojlanishini o‘rgangan mutaxassislar infeksiyalar sonining ekspansional ravishda oshishi manfiy rezus-omili (Rh-) ko‘p aholi yashaydigan davlatlarga xos degan xulosaga kelishdi. Ularga Avstraliya, Avstriya, Braziliya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va AQSH kiradi.

Ushbu gipoteza manfiy rezus-omili odamlarning ko‘pincha COVID-19 sabab yuzaga keladigan immunitet bilan bog‘liq kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘lishi fakti bilan izohlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.