Marsda tuzli ko‘llar topildi

Foto: ESA / Wikimedia Commons
Italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbidagi muzliklar ostida sho‘r ko‘llar tizimi borligini aniqlashdi. Bu haqda Nature Astronomy jurnali xabar bermoqda.
Olimlar Mars Express orbital zondi orqali 2010 yildan 2019 yilgacha olingan ma’lumotlar asosida ana shunday xulosaga kelishgan.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, tizim to‘rtta suv havzasidan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasining kengligi 30 kilometrni tashkil etadi. Ko‘llar bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.
Olimlarning qayd etishicha, suyuq holatdagi suvning mavjudligi Marsda mikrobli hayot borligi ehtimolini oshiradi, ammo buni isbotlash uchun tadqiqotlar davom etishi lozim.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbidagi muzliklar ostida sho‘r ko‘llar tizimi borligini aniqlashdi. Bu haqda Nature Astronomy jurnali xabar bermoqda.
Olimlar Mars Express orbital zondi orqali 2010 yildan 2019 yilgacha olingan ma’lumotlar asosida ana shunday xulosaga kelishgan.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, tizim to‘rtta suv havzasidan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasining kengligi 30 kilometrni tashkil etadi. Ko‘llar bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.
Olimlarning qayd etishicha, suyuq holatdagi suvning mavjudligi Marsda mikrobli hayot borligi ehtimolini oshiradi, ammo buni isbotlash uchun tadqiqotlar davom etishi lozim.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













