Qirg‘izistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi

Foto: Vladimir Voronin / AP
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati yuqori lavozimdagi amaldorlarni mamlakatdan chiqarmaslik topshirig‘ini oldi. Bu haqda chegara xizmati vakiliga tayanib TASS xabar berdi.
\"Shunday topshiriq berildi va tabiiyki, topshiriqni bajaramiz\", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara xizmati bo‘linmalari 24 sentabrdan kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
\"Bu hozirda bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq emas, parlament saylovlari bois 24 sentabrdan mana shunday tartibga o‘tganmiz\", - deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar 5 oktabr kuni kechqurun Bishkekda Oq uyni va milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosini qamal qilishdi. Bishkek markazidagi asosiy maydonda militsiya bilan bir necha soat davom etgan to‘qnashuvlardan keyin namoyishchilarning qo‘li ustun keldi. 6 oktabr kuni saylov natijalari haqiqiy emas deb topildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qirg‘iziston davlat chegara xizmati yuqori lavozimdagi amaldorlarni mamlakatdan chiqarmaslik topshirig‘ini oldi. Bu haqda chegara xizmati vakiliga tayanib TASS xabar berdi.
\"Shunday topshiriq berildi va tabiiyki, topshiriqni bajaramiz\", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara xizmati bo‘linmalari 24 sentabrdan kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
\"Bu hozirda bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq emas, parlament saylovlari bois 24 sentabrdan mana shunday tartibga o‘tganmiz\", - deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar 5 oktabr kuni kechqurun Bishkekda Oq uyni va milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosini qamal qilishdi. Bishkek markazidagi asosiy maydonda militsiya bilan bir necha soat davom etgan to‘qnashuvlardan keyin namoyishchilarning qo‘li ustun keldi. 6 oktabr kuni saylov natijalari haqiqiy emas deb topildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













