Ozarbayjonning Ganja shahrida raketa hujumi sabab to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonning Ganja shahrida raketa hujumi sabab to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
Foto:«Reuters»
Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa hujumi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi deya xabar bermoqda \"Interfaks\" Ozarbayjon Bosh prokuraturasiga asoslanib.

Avvalroq, yetti qurbon va 30 kishi jarohat olgani ma’lum qilingandi. Yaradorlar orasida bolalar ham bor.

Ozarbayjon tomoni hodisada Armaniston qurolli kuchlarini ayblamoqda. Ammo rasmiy Yerevan bu ayblovlarni inkor etgan. Mudofaa vaziri Shushan Stepanyan mamlakat qurolli kuchlari kelishuvni og‘ishmay bajarayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabrdan Tog‘li Qorabog‘da o‘t otishni to‘xtatishga kelishilgan edi. Ammo har ikki tomon bu kelishuv buzilganini aytmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.