Koronavirusni yarim daqiqada butunlay yo‘q qiladigan vosita aniqlandi

Koronavirusni yarim daqiqada butunlay yo‘q qiladigan vosita aniqlandi
Setilpiridiniyum xlorid birikmasi yarim daqiqada koronavirusni butunlay yo‘q qiladi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlar xulosalari \"British Dental Journal\" jurnalida chop etildi.

Shuningdek, mutaxassislar tadqiqotlar davomida tarkibida rux va qalay mavjud tish pastalari hamda suyuqliklari virusni ikki daqiqada zararsizlantirishini aniqladilar.

«Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ba’zi tish pastalari va og‘iz yuvish vositalari og‘izdagi virus miqdorini vaqtincha kamaytirish orqali \"SARS-CoV-2\" virusini tarqalishini cheklashga yordam beradi», deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.