Yaponiya ko‘chalarida O‘zbekiston tasviri tushirilgan avtobus

Yaponiya ko‘chalarida O‘zbekiston tasviri tushirilgan avtobus
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yaponiyaning Nagoya shahrida O‘zbekistonga oid tasvirlar tushirilgan avtobus harakatlanmoqda, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 19 dekabrda Nagoyada Toshkent kunlari nishonlanadi. Shu munosabat bilan Nagoya shahar meriyasi tomonidan jamoat transporti bo‘lgan avtobus O‘zbekistoning turizm salohiyatini targ‘ib etuvchi dizaynda tayyorlandi.

«Chet elda vatanimiz tasvirlari tushgan avtobus ko‘zni quvontiradi va bizni xursand qiladi. Nagoyadagi vatandoshlarimizdan O‘zbekiston avtobusi foto va videolarini jo‘natishingizni so‘raymiz», – deyiladi hokimlik xabarida.
Yaponiya ko‘chalarida O‘zbekiston tasviri tushirilgan avtobus
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yaponiya ko‘chalarida O‘zbekiston tasviri tushirilgan avtobus
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yaponiya ko‘chalarida O‘zbekiston tasviri tushirilgan avtobus
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avvalroq Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi hamda Yaponiya O‘rta Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga chigirtkadan himoyalanish maqsadida 7,5 million dollar ajratgani haqida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.