Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)

Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Foto: «Bild»
«Bild» nashri jurnalistlari qachonlardir Rossiyaning hozirgi prezidenti Vladimir Putin Drezden (Germaniya)da yashagan xonadonga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kreml sohibi 1985 yilning kuzidan 1991 yilning martigacha Drezdendagi Radeberger shtrasse (ko‘chasi)da joylashgan olti qavatli panel uyning 4-qavatidagi xonadonda xotini va bolalari bilan yashagan. Putin o‘sha paytlarda KGBning Drezdendagi xodimi edi.
Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Foto: «Bild»
66 kvadrat metrli kvartira — uch xonali, oshxonasi, sanuzeli, balkon va saqlovxonasi bor. Xonadon markaziy isitish tizimiga ulangan, elektr plita o‘rnatilgan.
Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Yorg Hofmann. Foto: «Bild»
1991 yil boshlarida Putin sobiq Ittifoqqa oilasi bilan qaytgach, uning o‘rniga ko‘chib kirgan mebelsoz usta Yorg Hofmann hanuz shu yerda umrguzaronlik qiladi.
Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Foto: «Bild»
O‘shanda Vladimir Putinning rafiqasi Lyudmila kvartira bilan tanishtirganini Yorg Hofmann kechagidek eslaydi. «Hammayoqqa qora rus mebeli qo‘yilgan, devorlarga GDRga xos aluminiy oboylar yopishtirilgan, polga qaymoqrang gilam to‘shalgandi», — deydi Hofmann.
Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Vladimir Putin qizchasi bilan Drezdendagi xonadonida.
1991 yilning mart oyida kvartiraning kalitini yangi ijarachiga Vladimir Putinning shaxsan o‘zi topshirgan. «O‘n yoki o‘n ikki nafarcha rus askari mebellarni taxlab, yog‘och qutilarga joylashgandi. Ayniqsa, katta kir yuvish mashinasi ularga dahmaza bo‘lgandi. Oltovlashib pastga arang olib tushishgandi», — eslaydi Hoffman.

Yorg Hofmann ham ijara pulini xuddi Putin kabi to‘lagan: uy uchun — 58,90 nemis markasi (DEM) hamda issiq suvga — 9,80, issiqlikka — 26,20, oyiga jami — 94,90 nemis markasi.
Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto)
Oddiy nemis (balki Putinning) vannaxonasi. Foto: «Bild»
Oradan salkam 30 yil o‘tsa hamki Yorg Hofmann Vladimir Putindan keyingi tanho ijarachi ekanidan qanoatlanadi. «Faqat ba’zida rus sayyohlari o‘tirgan avtobuslar uy ro‘parasida to‘xtab o‘tishi asabimga tegadi. Ular bu yerni Putinning uy-muzeyi deb o‘ylashadi, shekilli», — istehzoli kuladi mebelchi.

Yorg Hofmann hali hech birovni o‘z xonadoniga ekskursiya uyushtirish uchun kiritmagan. Hatto Putinning ashaddiy raqibi Aleksey Navalniyni ham. Hofmanning aytishicha, Rojdestvo arafasida uy atrofida Navalniy tansoqchisi bilan aylanishib yurganini ko‘ribdi. Mebelchining gumonicha, Navalniy hujjatli film olayotgan bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.