Xitoyda 26 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi

Xitoyda 26 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi
Xitoyning Shitszyachjuan shahrida joylashgan, balandligi 110 metrdan oshiq bo‘lgan bino 9 mart kuni ertalab, birinchi qavatda yuz bergan portlashdan so‘ng yonib ketdi. Bir soat o‘tgach, olov butun osmono‘par bino bo‘ylab tarqalgan. Bu haqda Smotrim nashri CCTVga asoslanib xabar qildi.

CCTV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inda hech kim jabrlanmagan - barcha odamlar o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.

Hozirga kelib yong‘in bartaraf etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlarini baham ko‘rgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, binoning ichki qismi deyarli butunlay yonib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.