Fransiya prezidenti Makron shapaloq yedi (video)

Fransiya prezidenti Makron shapaloq yedi (video)
Foto: «Tvc.ru»
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ten-l\'Ermitaj kommunasida joylashgan litseyga borganidan so‘ng bir odamga qo‘lini uzatganida u davlat rahbarining yuziga tarsaki tushirib qoldi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalgan videokadrlarda Makron panjara yonida uni kutib turgan odamlarga yaqinlashgani aks etgan. Niqob kiygan soqolli yigitga qo‘lini cho‘zgan Makron kutilmaganda undan shapaloq yeb qoldi. Qo‘riqchilar bir zumda prezidentni haqorat qilgan shaxsni «bosishdi».

Ushbu harakatga nima sabab bo‘lganligi haqida xabar berilmagan. Faqat mazkur holat bo‘yicha ikki kishi hibsga olingani aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.