Meksika ko‘rfazida yonayotgan suvni qanday o‘chirishdi? (video)

Skrinshot
Meksika ko‘rfazida «Pemex» kompaniyasiga qarashli neft quvuri yorilishi oqibatida okean yuzasida ulkan yong‘in hosil bo‘ldi. Olovni o‘chirishga besh soatdan ko‘p vaqt ketdi, deya xabar berdi «Reuters» bugun, 3 iyul kuni.
Neft xavfsizligi muvofiqlashtiruvchisi (ASE) rahbari ushbu hodisa oqibatida neft sizmaganini ta’kidlagan. Biroq suv yuzasida yongan narsa nima ekaniga u oydinlik kiritmagan. Olov 78 metr chuqurlikkacha kirib borgan.
«Reuters» manbasiga ko‘ra, yashin va kuchli yomg‘irlardan ishlab turgan turbomashinalar zarar ko‘rgan. «Pemex» ishchilari okeandagi ulkan yong‘inni o‘chirishda azotdan foydalanishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Meksika ko‘rfazida «Pemex» kompaniyasiga qarashli neft quvuri yorilishi oqibatida okean yuzasida ulkan yong‘in hosil bo‘ldi. Olovni o‘chirishga besh soatdan ko‘p vaqt ketdi, deya xabar berdi «Reuters» bugun, 3 iyul kuni.
Neft xavfsizligi muvofiqlashtiruvchisi (ASE) rahbari ushbu hodisa oqibatida neft sizmaganini ta’kidlagan. Biroq suv yuzasida yongan narsa nima ekaniga u oydinlik kiritmagan. Olov 78 metr chuqurlikkacha kirib borgan.
«Reuters» manbasiga ko‘ra, yashin va kuchli yomg‘irlardan ishlab turgan turbomashinalar zarar ko‘rgan. «Pemex» ishchilari okeandagi ulkan yong‘inni o‘chirishda azotdan foydalanishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













