Tojikistonga 300dan ortiq afg‘on harbiylari qochib o‘tgani ma’lum qilindi

Tojikistonga 300dan ortiq afg‘on harbiylari qochib o‘tgani ma’lum qilindi
Tojikiston chegarachilari «Tolibon» harakati bilan janglardan so‘ng chekinishga majbur bo‘lgan 300 nafardan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini respublika hududiga kiritdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib «Hovar» agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston chegarachilari «insoniylik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda» afg‘onistonlik harbiylarga respublika hududiga kirishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, afg‘on harbiylari «toliblar bilan ayovsiz janglardan so‘ng shaxsiy tarkibni saqlab qolish maqsadida» chegarani kesib o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.