Toliblar AQSHning bir nechta samolyot va vertolyotini egallab oldi

Toliblar AQSHning bir nechta samolyot va vertolyotini egallab oldi
Foto: TASS
AQSHning bir nechta samolyoti, harbiy vertolyotlari va tanklarga qarshi raketalari toliblar qo‘liga tushdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH rahbariyatida toliblar qo‘liga oz miqdorda qurol tushgani ham xavotir tug‘dirmoqda.

Ta’kidlanishicha, AQSHda “Tolibon” qo‘lga kiritgan qurolni yo‘q qilish bo‘yicha hali birorta qaror yo‘q. AQSH bu maqsadda bir nechta amaliyot o‘tkazish, jumladan toliblar omborlarini bombardimon qilish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun evakuatsiya jarayoni to‘liq yakunlanishini kutmoqda.

Manbalarning aytishicha, toliblarda uchuvchilar va texnik xizmat imkoni yo‘qligi sababli ularning qo‘lga kiritilgan samolyot va vertolyotlardan foydalana olishi dargumon.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.