Rossiya evakuatsiya uchun Kobulga 4 ta samolyot yubormoqda

Rossiya evakuatsiya uchun Kobulga 4 ta samolyot yubormoqda
Rossiya mudofaa vazirligi prezident Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra Afg‘onistondan 500 kishini evakuatsiya qilish uchun 4 ta harbiy transport samolyotini yubormoqda.

«Interfaks»ning yozishicha, rus samolyotlari Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukraina fuqarolarini ham ko‘chirishga yordam beradi. Ulyanov aeroportidan uchadigan uchoqlarda harbiy shifokorlardan iborat ishchi guruh tuzilgan va ichimlik suvi, oziq-ovqat, issiq matolar bilan ta’minlangan.

Odamlarni afg‘on hududidan evakuatsiya qilish 15 avgustdan boshlangan. Shu kuni tolibonlar Kobulni jangsiz egallab olishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.