«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» — «Tolibon» vakili

«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» — «Tolibon» vakili
Foto: AP
«Tolibon» Xitoyni o‘zining asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda toliblar vakili Zabihulla Mujohid Repubblica gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

«Xitoy bizning asosiy hamkorimiz hisoblanadi, u biz uchun fundamental va o‘ziga xos imkoniyat taqdim etadi, chunki investitsiya kiritish va mamlakatimizni tiklashga tayyor», — dedi u.

Mujohid Xitoy ilgari surayotgan «qadimiy Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklaydigan» «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusiga e’tibor qaratdi.

«Bundan tashqari, bizda xitoyliklar yordamida qayta tiklanadigan va modernizatsiya qilinadigan boy mis konlari bor. Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir», — dedi toliblar vakili.

18 avgust kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Xitoy «Tolibon» hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.