Bokschi Menni Pakyao prezident bo‘lmoqchi

Bokschi Menni Pakyao prezident bo‘lmoqchi
Foto: Sportbox.ru
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, Menni Pakyao Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Pakyao Filippindagi hukmron PDP-Laban (Filippin Demokratik Partiyasi — Xalq Qudrati) partiyasi fraksiyasi tomonidan 2022 yilgi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 42 yoshli Pakyao 2016 yildan buyon senator bo‘lib ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, filippinlik bokschi avgust oyida WBA kamari sohibi Yordenis Ugasga mag‘lub bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.