«Qayg‘u va shodlikda» birga: Julian Assanj qamoqxonada uylanadi

«Qayg‘u va shodlikda» birga: Julian Assanj qamoqxonada uylanadi
Foto: «PA MEDIA»
Julianj Assanjga Britaniya qamoqxonasida uylanishiga ruxsat tegdi. Bu haqda BBC yozmoqda.

Assanj o‘z advokati Stella Moris bilan turmush quradi. Ular to‘yni 2017 yilda o‘tkazishni rejalashtirishgan, biroq nikohni rasmiylashtirish imkoni bo‘lmagan.

Ularning ikki farzandi Assanj Ekvador elchixonasida yashagan paytda tug‘ilgan. Assanjni to‘ng‘ich o‘g‘li bilan yashirincha ko‘rishtirib turishgan — bolani tanish odam o‘z farzandi kabi elchixonaga olib kelib turgan.

«Qayg‘u va shodlikda» birga... Dunyo siyosatchilarining «yeng ichidagi ishlari»ni fosh qilgan WikiLeaks asoschisi maxsus xizmatlarning tinmay ta’qibi, 175 yil AQSH qamoqxonasida bandi qilinish xavf solib turgan hayotining eng og‘ir pallasida «baxtini topdi».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.