Rossiya va AQSH amaldorlari uchrashuvi chog‘ida kelishmovchilik yuz berdi

Rossiya va AQSH amaldorlari uchrashuvi chog‘ida kelishmovchilik yuz berdi
Foto: Getty Images.
Stokgolmda bo‘lib o‘tgan YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuv chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Kelishmovchilik G‘arb davlatlarining Ukrainaga «Rossiya agressiyasi» sodir bo‘lgan taqdirda javob choralarini muhokama qilish chog‘ida bo‘lib o‘tdi. 2014 yilda Ukrainada sodir bo‘lgan voqealar davlat to‘ntarishi ekanini aytgan Lavrov NATO va Yevropa Ittifoqini o‘zgacha fikrni bostirishda va Rossiyaga tahdid qilishda aybladi.

Bunga javoban Blinken NATOni «mudofaa ittifoqi» deb atadi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevdagi Maydan voqealarida sobiq prezident Viktor Yanukovichga sodiq kishilar yuzlab odamlarning qotiliga aylangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.