AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi

AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi
Foto: AP
AQSH butun dunyodagi mustaqil jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini himoya qilish uchun katta mablag‘ ajratish niyatida. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “Demokratiya sammiti” arafasida ma’lum qildi.

Sammit vaqtida biz moliyaviy muammolarni boshdan kechirayotgan mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ ajratishimizni e’lon qilamiz”, — dedi Blinken.

9-10 dekabr kunlari Vashington tashabbusi bilan “Demokratiya sammiti” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Sammit davlat rahbarlari, huquq himoyachilari va tadbirkorlar ishtirokida videokonferensiya rejimida bo‘lib o‘tadi. Unga 110 mamlakat va hudud taklif etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.