Time jurnali Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qildi

Time jurnali Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qildi
Tesla rahbari, SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask Time jurnali talqiniga ko‘ra «Yil insoni» deb topildi. Bu haqda nashr saytida ma’lum qilindi.
Time jurnali Ilon Maskni «Yil insoni» deb e’lon qildi
Foto: Time
«U sayyoramizni qutqarishga va yangisini o‘zlashtirishga yordam berishga urinayotgan inson: qiziqchi, daho, provokator, oldindan ko‘ruvchi, sanoatchi, shoumen, shartaki, Edison, Barnum, Endryu Karnegi va «Saqlovchilar»dagi doktor Manhettenning telba aralashmasi... Uning SpaceX startapi Amerikaning fazoviy kelajagida Boeing’ni ortda qoldirdi. Uning Tesla avtokompaniyasi bir necha milliardlik avtomobillar bozorining uchdan ikki qismini nazorat qiladi, bu Maskni 250 mlrd dollar boylik egasiga va dunyoning eng badavlat shaxsiga aylantirdi», — deyiladi Time izohida.

O‘tgan yili AQSH prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgandi.

Ilon Mask dunyoning eng badavlat kishisi hisoblanadi. Bloomberg axborot agentligining ma’lumot berishicha, tadbirkorning boyligi 268,9 mlrd dollarni tashkil etadi.

Mask o‘tgan haftada o‘ziga tegishli bo‘lgan eng so‘nggi ko‘chmas mulkni sotdi va rasman uysizga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.