Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qildi

Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qildi
Foto: «Instagram»
Aktyor va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.

Ma’lumotlariga ko‘ra, aktyor kichik turar joy binolarini o‘rnatish uchun jami 250 ming dollar ajratgan, faxriylar allaqachon ularga joylashishni boshlagan. Uylarning har biri konditsioner, elektr va isitish tizimiga ega.

Bayram oldidan Shvarsenegger turar joy massivlari qurilgan joyga tashrif buyurib, sovg‘a egalari suhbatlashdi. «Bugun men Yangi yilni oldinroq nishonladim», – deb yozadi Shvarsenegger o‘z sahifasida.

AQSH hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 37 mingdan ortiq boshpanasiz qariyalar yashaydi. Ularning ko‘chada qolishining sabablari nogironlik, psixologik muammolar, spirtli ichimliklar va giyohvandlikdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.