Putin faxriy prezident maqomidan mahrum etildi

Putin faxriy prezident maqomidan mahrum etildi
Foto: gol.ru
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashkilot faxriy prezidenti vakolatidan mahrum etilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda federatsiya axborot xizmati xabar berdi.

«Xalqaro dzyudo federatsiyasi janob Vladimir Putinning IJF faxriy prezidenti va elchisi oʻlaroq maqomi bekor qilinganini e'lon qiladi», deyilgan federatsiya xabarida.

Putinga mazkur maqom 2008 yilda berilgan edi.

Rossiya qoʻshinlari 24 fevral kuni Ukraina hududida harbiy amaliyot boshlagani sabab IJF shunday qarorga kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.