Rubl tarixdagi eng minimal darajaga tushib ketdi

Rubl tarixdagi eng minimal darajaga tushib ketdi
Rubl xalqaro savdolarda oʻz qiymatining 41 foizdan koʻprogʻini yoʻqotib, dollar va evroga nisbatan tarixiy minimal darajaga tushib ketdi. Bu haqda Xalqaro birjalardan ma'lum boʻldi.

Dushanba kuni, 28 fevral ertalab dollar kursi 117 rubldan, evro kursi 132 rubldan oshdi. Ayirboshlash punktlarida 1 dollar 130 rubldan sotilmoqda.
Rubl tarixdagi eng minimal darajaga tushib ketdi
Jadval: Trading Ecomonics
Mamlakatning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiya aktivlari keskin tushib ketdi.

Dushanba kuni qimmatli qogʻozlar narxlari ham pasaydi. Strateglar sanktsiyalar kuchga kirgach, mintaqa banklariga yangi bosim boʻlishini aytmoqda.

Rossiya Markaziy banki, agar sanktsiyalar muvaffaqiyatli boʻlsa, rublni himoya qila olmasligi ta'kidlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.