Pokiston bosh vaziri qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Pokiston bosh vaziri qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Pokiston bosh vazirining qarorgohida 3 mart kuni Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoev va Imron Xon faxriy qorovul oldidan oʻtib, shohsupaga koʻtarilgan. Oʻzbekiston va Pokistonning davlat madhiyalari yangragan.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a'zolari ham ishtirok etgan. Shavkat Mirziyoev xalqlar doʻstligi, hamjihatligi ramzi sifatida qarorgoh bogʻiga koʻchat ekkan.
Pokiston bosh vaziri qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shundan soʻng ikki mamlakat yetakchilarining tor doiradagi muzokarasi boshlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.