AQSH Rossiyaga dollar yetkazishni taqiqladi

AQSH Rossiyaga dollar yetkazishni taqiqladi
Foto: «Promdevelop»
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaga dollar banknotalarini sotishni taqiqlovchi buyruqni imzoladi.

«Quyidagilar taqiqlanadi... AQSHdan, AQSH jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, AQSH dollarida nominatsiyalangan banknotalarni Rossiya Federatsiyasi hukumatiga yoki Rossiyadagi istalgan shaxsga bevosita yoki bilvosita eksport, reeksport qilish, sotish va yetkazib berish taqiqlanadi», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Bayden Rossiyadan alkogol, brilliantlar va dengiz mahsulotlarini import qilishni taqiqladi. Rossiyaga esa hasham buyumlar eksporti man etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.