Zelenskiy Putin bilan uchrashsa unga nima deyishini aytdi

Zelenskiy Putin bilan uchrashsa unga nima deyishini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 23 aprel kuni Kievdagi metro bekatlaridan birida matbuot anjumani oʻtkazdi. Unda Zelenskiy Putin uchrashsa qanday masalani koʻtarishini ma'lum qildi.

«Men Putin bilan gaplashadigan masalalar faqat Ukraina prezidenti sifatida oʻzimni qiziqtiradigan masalalar boʻladi deb oʻylayman. Bu hududiy yaxlitlik masalasidir. «Bizning Donbassning kelajagi nima boʻladi? Bizning Qrim qanday yashashda davom ettiradi? Bu haqda qaerda va qaysi nuqtada kelishib olishimiz mumkin? Va biz buni umuman qila olamizmi?», dedi prezident.

Shuningdek, Zelenskiy avval Moskva va soʻngra Kievga tashrifi kutilayotgan BMT bosh kotibini tanqid qilgan. Prezidentning fikricha BMT kotibi avval ogʻir urushni boshdan kechirayotgan Ukrainaga kelishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.