Ramazon hayiti arafasida Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg‘asi yuborildi

Ramazon hayiti arafasida Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg‘asi yuborildi
Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi va Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuborilgan tabriknoma va sovg‘a — «Poyi-Kalon ansambli» 3D suratini topshirdi. Bu haqda Ramzan Qodirovning o‘zi Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Poyi-Kalon Buxorodagi me’moriy ansambl bo‘lib, uning tarkibidan Ramzan Qodirov otasi — Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmat Hoji Qodirov o‘qigan Mir Arab madrasasi ham o‘rin olgan.
Ramazon hayiti arafasida Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg‘asi yuborildi
Foto: Videodan kadr
Ramazon hayiti arafasida Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg‘asi yuborildi
Foto: Videodan kadr
E’lon qilingan videoda keltirilishicha, ushbu sovg‘a 929 probali 3,4 kilogramm kumushdan ishlanib, maydon va gumbazlarga 999 probali oltin suvi yugurtirilgan.

Checheniston rahbari tabrik hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi samarali hamkorlik, siyosiy va madaniy aloqalar uchun Shavkat Mirziyoyev minnatdorlik bildirgan va O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.