Dadasin bir bora quchoqlaganlar...

Dadasin bir bora quchoqlaganlar...
Dadasin bir bora quchoqlaganlar...

Dada deb qo‘yilar ilk bora qadam,
Dadasi bor olam eng go‘zal olam.
Dunyoda baxtlidan baxtliroq odam,
Dadasin bir bora quchoqlaganlar..

Tog‘lar go‘zal bo‘lar,qishda qorida,
Kuy ham jilolanar nayda torida.
Bu baxtni his qiling ular borida,
Dadasin bir bora quchoqlaganlar..

Payti kelar boringizni berib ,jim,
Yig‘laysiz so‘zingiz aytolmay inim.
Otangiz taftini kim beradi kim,
Dadasin bir bora quchoqlaganlar..

Hayotidan o‘ksib nolimas ular,
Farzandlarin kutib sanaydi kunlar,
Agar, duo qilsa omading kular,
Dadasin bir bora quchoqlaganlar..
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.