Shifokor qarishni sekinlatishning oson yo‘lini aytdi

Shifokor qarishni sekinlatishning oson yo‘lini aytdi
Shifokor qarishni sekinlatishning oson yo‘lini aytdi
Glisemik yuki past bo‘lgan ovqatlar qarishni sekinlashtiradi. Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ma’lum qildi, deya yozadi «Moskovskiy komsomoles».
 
Mutaxassisning fikricha, bunday oziq-ovqatlar insonning tashqi ko‘rinishi va uning farovonligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, saraton xavfini kamaytiradi.
 
Shifokor ratsionga ko‘proq xun tolasini, shu jumladan kepakli non, grechka va boshqa donlarni kiritishni tavsiya qildi (ular qaynatilib iste’mol qilinmasligi kerak).
 
Ginzburg, shuningdek, muntazam ravishda sabzavot, yovvoyi rezavorlar, baliq, yong‘oqlar, zanjabil, dukkaklilarni iste’mol qilishni maslahat berdi.
 
Shu bilan birga, shakar iste’molini imkon qadar cheklash va asosiy oziq-ovqat sifatida oq non, guruch va kartoshkadan voz kechish kerak, deya xulosa qildi shifokor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.