Tilladan ham qimmat mevalar

Tilladan ham qimmat mevalar
Yaponiyada sizga meva yoki rezavor sovg‘a qilishdimi, bilingki, demak, siz juda hurmatli insonsiz.
Nega deysizmi? Albatta, jannatmakon O‘zbekistonda yashaysiz va xech qayerda tengi yo‘q sarxil meva va rezavorlarimizdan baxramand bo‘lasiz. Shuning uchun ham, meva yoki rezavor sovg‘a qilish oddiy holat, deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, Yaponiyada ba’zi meva va rezavorlarning narhini eshitib hayron qolishingiz aniq. Mana masalan, Tokiodagi
\"Sembikiya Fruit Parlo\" meva rastasidan ko‘ra qimmatbaho zargarlik do‘koniga o‘xshab ketadi.
Tilladan ham qimmat mevalar

200 yillik tarixga ega ushbu do‘konda faqat maxsus mevalargina sotiladi. Ularni asosan to‘y sovg‘asi, ota-onalar uchun yoki juda hurmatli insonlar uchun sotib olishadi.
Bu erda birgina qovunning narxi 160 dollar turadi. Antiqa to‘rtburchak yoki yurak shaklidagi tarvuz narxi esa 900 dollar turadi.
Tilladan ham qimmat mevalar

12 dona qulupnay o‘ralgan quti esa naqd 45 dollar turadi. Har bir donasi kichikroq olmadek keladigan, bir shingili[ 5400 dollar turadigan uzum haqida esa gapirmay qo‘ya qolaylik.
Tilladan ham qimmat mevalar
Dunyodagi eng qimmat qovun navi ham shu erda, uning narhi osmonqadar desak ham

Tilladan ham qimmat mevalar
bo‘laveradi; 26000 dollar (!).
Nima ham derdik, dunyo ajoyibotlarga to‘la. Ularni eshitib yoki ko‘rib hayron bo‘lishdan boshqa ilojimiz yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.