Yoz mavsumining eng didli ayollari


Buyuk Britaniya ayollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yoz mavsumining eng didli xonimlari ro‘yxatida faxrli 1-o‘rin yana bir bor Kembrij gersoginyasi Ketringa nasib etdi. Bu haqida Daily Mail\'ga asoslanib \"Kun\" ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, Middlton xonim Kendall Jenner va Jidji Hadid, aktrisalar Jennifer Eniston hamda Sienna Millerlarni did borasida ortda qoldirgan.
Kimlarning yozgi kiyinish uslubi achinarli ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi savolga respondentlar asosan model va ishbilarmon ayol Keti Prays nomini tilga olishdi. Aksilreyting tarkibiga qo‘shiqchilar Sheril Koul va Rita Oralar ham kiritilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













