Kvikk Lunsj – shokolad emas, Norvegiya tarixi


Norvegiyada Kvikk Lunsj nomli shokolad 1937-yildan buyon ishlab chiqariladi. U “sayohat shokoladi” sifatida tanilgan va har yili millionlab dona sotiladi.
Dastlab qora shokolad bilan tayyorlangan mahsulot muvaffaqiyat qozonmagan. Keyinchalik sutli shokolad qo‘llanib, u ommalashdi va mashhur shirinlikka aylandi.
Kvikk Lunsj inglizlarning KitKat shokoladiga o‘xshashligi bois bahslarga sabab bo‘lgan. Hozirda brend amerikalik Mondelēz kompaniyasiga tegishli.
Shunga qaramay, Kvikk Lunsj Norvegiyada milliy ramz sifatida qabul qilinadi va xalq orasida eng mashhur shokolad bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













