Bosh terisining quruq seboreya kasalligi

Bosh terisining quruq seboreya kasalligi
Bosh terisining quruq seboreya kasalligi

Seboreya – teri yog‘ qatlamining tuzilishi va miqdori o‘zgarishi natijasida terining yallig‘lanish kasalligi.

Quruq seboreyaning asosiy belgilari – bosh terisi va sochlar quruqlashib qoladi, bosh terisida qazg‘oq, uncha katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday belgilar paydo bo‘lsa darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Agar o‘zingizda bu kasallikning yengilroq belgilari paydo bo‘lganini sezsangiz, davolashni uy sharoitida boshlaganingiz ma’qul.

Kasallik paytida qurib qolgan bosh terisini namlash uchun efir va o‘simlik yog‘laridan foydalanish mumkin.

Quruq seboreyani har xil shifobaxsh o‘simliklar qaynatmasi yordamida ham davolash mumkin.

Ayniqsa petrushka, piyoz po‘stlog‘i va jambil o‘tlarining qaynatmalari bosh terisini davolashda foydali hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.