Tish pastasining siz bilmagan xususiyatlari


Ko‘pchilik tish pastasining tishlarni tozalashdan ham boshqa foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilmasa kerak. Daryo nashri yozgan maqolada shu haqda so‘z yuritildi.
Xromlangan buyumlar
Oshxona va vannaxonadagi xromlangan buyumlarni tish pastasi bilan tozalasangiz yaltirab ketadi.
Suv chiqadigan teshiklar
Vannaxonadagi rakovinaning suv chiqadigan teshiklarini ham ozroq tish pastasi yordamida tozalasangiz yoqimsiz hidlar ketadi.
Qoraygan kumush
Qorayib qolgan kumushdan ishlangan buyumlarni tish pastasi bilan yumshoq sochiq yordamida tozalasangiz bo‘ladi. Tozalab bo‘lganingizdan so‘ng quruq sochiq bilan artib tashlang.
Dazmol tagi
Dazmol tagida paydo bo‘lgan qatlamlarni ham xuddi kumush buyumlar kabi tozalasangiz bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













