2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)
Bu yozda bob usulda kesilgan soch turmaklari, uzun chyolka, ko‘pqatlamli turmaklar urfga kiradi. Shuning uchun soch turmagini tanlashda bu trendlarga e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz. Lekin bundan oldin sochingiz tuzilishi va yuzingiz shakliga qarab mo‘ljal oling – bu mukammal soch turmagini tanlashning eng to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi.
2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

Uzun chyolka. Bu soch turmagi yozgi xitga aylandi! Ko‘pchilik Gollivud yulduzlari: Sandra Bullok, Aleksa Chang, Xeyli Bolduinlar aynan shunday soch kesish usulini tanlashgan. U har qanday soch turmagini ham xilma-xil shaklga keltiradi.
2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

Uzaytirilgan bob. Bu o‘zining stilini va qiyofasini tubdan o‘zgartirishni xohlaganlar uchun juda ajoyib variant hisoblanadi. Bunday soch turmagi hammaga mos tushadi. Uzaytirilgan bob nafaqat qiyofani o‘zgartirish xususiyatiga ega, balki yuzni ham ozg‘inroq qilib ko‘rsatadi.
2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

Uzuq-yuluq sochli bob. Bu usulda kesilgan sochlarni hech qiyinchiliksiz oson turmaklash mumkin. Bunday soch kesish ham jingalak va ham ingichka sochli qizlarga mos keladi.
2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

Ko‘p qatlamli bob. Bunday soch kesish qo‘shimcha turmaklashni va staylinglarni talab qilmaydi. Sochlarni biroz hurpaytirish va pala-partish shaklga keltirishning o‘zi etarli bo‘ladi. Bu usulda kesilgan sochlar yig‘ib qo‘yish uchun juda uzun va gel yordamida orqaga tarab qo‘yish uchun esa kaltalik qiladi.
2017 yil yozida urfga kiradigan soch turmaklari (foto)

Bob-kare usulida kesish. Stilistlar bu kesish usulini 2017 yil yozida o‘z uslubini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib variant deb hisoblaydilar. Bunday soch kesish usuli yuzni cho‘zinchoq qilib ko‘rsatadi.

Manba: «Daryo»
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.