Quritilgan mevalar qanday saqlanadi?

Quritilgan mevalar qanday saqlanadi?
Quritilgan meva qoqilarini polietilin xaltada saqlamaganingiz ma’qul. Bunday saqlangan qoqilar o‘zining shifobaxshlik xususiyatidan mahrum bo‘ladi.
Yaxshisi uni to‘r qopda saqlang. Shunda meva qoqilari yil davomida yaxshi saqlanadi. Quritilgan mevalarni iste’mol qilishdan oldin ikki soat ivitib qo‘ygan ma’qul. Shunda ular yaxshi hazm bo‘ladi. Qoqi ivitilgan suvga asal qo‘shib ichishning foydasi katta. Olcha, qora smorodina, malina mevalarini quritilganda yuqoridagi talablarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Olma esa quyoshda quritilganda tarkibidagi darmondorilarni umuman yo‘qotmaydigan yagona mevadir.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.